Regragi Marokash terma jamoasidan ketadi – OAV
Sport
−
17:18 506 1 daqiqa
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi Afrika kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bu haqda “Foot Mercato” xabar berdi.
Final bahsida Marokash qo‘shimcha vaqtda Senegalga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi (asosiy vaqt 0:0). Manbaga ko‘ra, Regragi jamoaning turnirdagi natijasini o‘z faoliyati bilan bevosita bog‘lagan va shu bois iste’fo berishga qaror qilgan.
Murabbiy rasman Marokash Qirollik futbol federatsiyasiga (FRMF) iste’fo arizasini topshirgan. U hatto Jahon chempionatigacha olti oydan kam vaqt qolganiga qaramay, faoliyatini davom ettirishni istamayapti.
Hozircha FRMF murabbiyning ketishi borasida rasmiy bayonot bergani yo‘q. Agar federatsiya iste’foni qabul qilsa, qisqa muddat ichida yangi bosh murabbiy izlashiga to‘g‘ri keladi. Yakuniy qaror yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Live
Barchasi