Referendum tugadi. Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojeda Rossiya konstitutsiyasi amal qilishni boshladi

Olam

image

O‘zini Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi deb tanitayotgan bo‘lginchilar, Xerson viloyati va Zaporojening Rossiyaga kirishi bo‘yicha 23 – 27 sentyabr kunlari o‘tkazilgan referendum natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, to‘rtta hududda ham fuqarolar hayrixohlik bilan Rossiyaga qo‘shilishni yoqlagan. 

Saylovchilarning 98,42 foizi referendumda 100% protokollarni qayta ishlagandan so‘ng LXRning Rossiya Federatsiyasiga kirishi uchun ovoz bergan. 

100% protokollarni qayta ishlash natijalari bo‘yicha DXRning Rossiyaga qo‘shilishi 98,69% ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan. 

Zaporoje viloyatining Rossiya tarkibiga kirishini dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, protokollarning 100 foizida saylovchilarning 93,11 foizi qo‘llab-quvvatladi. 

Melitopolda 96,78% mintaqaning Rossiya Federatsiyasiga kirishini qo‘llab-quvvatlagan, Melitopol viloyatida – 90, 01%. Qayd etilishicha, Berdyanskda 94,10 foiz, Berdyansk viloyatida 89,60 foiz, Vasilevsk viloyatida 90,47 foiz ovoz bergan. Poxovskiy tumanida "yoqlab" ovoz berganlar ulushi 88,79%, Chernigovda – 89,39%, Energodar shahrida – 95,25%. 

Referendumda 541 093 kishi ishtirok etgan. 

“Xerson viloyati saylov komissiyasi referendum natijalariga ko‘ra ovoz berish protokollarining 100 foizini qayta ishladi, viloyat aholisining 87,05 foizi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz berdi”, deydi viloyat saylov komissiyasi raisi Marina Zaxarova. 

Saylov komissiyasidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra,  viloyat aholisining 87,05 foizi “ma’qul”, 68 ming 832 nafari yoki 12,05 foizi “yo‘q” deb ovoz bergan. 

“497 051 nafar referendum ishtirokchisi berilgan savolga “ha” deb javob berdi, bu referendum ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilgan ishtirokchilar sonining 50 foizdan ortig‘ini tashkil etadi”, deydi Zaxarova.  

Xerson viloyati saylov komissiyasi referendumni haqiqiy deb tan oldi.  

“Hurmatli hamkasblar, ovoz berish yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolandi, referendum natijalari bo‘yicha qaror bir ovozdan qabul qilindi”, deydi Zaxarova. 

Xerson viloyatida referendumda jami 571 mingdan ortiq kishi ovoz berdi, bu 76,86 foizni tashkil etadi. Bunday ma’lumotlar viloyat saylov komissiyasida joylashgan ko‘rsatkichlar jadvalida keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitri Peskov Moskva referendumlardan so‘ng Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarining bir qismi ustidan nazoratni tiklashga urinishlarini Rossiya hududlariga qilingan hujum deb baholashini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk, Lugansk, shuningdek, Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan Zaporoje va Xerson viloyatlarining bir qismi Rossiya tarkibiga kirganidan keyin u yerda Rossiya Konstitutsiyasi ishlay boshlaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

referendum

Baholaganlar

461

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing