“Real” yozda “Yuventus” yetakchisini qo‘lga kiritmoqchi
Sport
−
15 Oktyabr 2021 3834 1 daqiqa
“Yuventus” hujumchisi Federiko Keza Turin klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “TodoFichajes” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli futbolchining xizmatiga “Real Madrid” qiziqish bildirmoqda. “Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shaxsan o‘zi Kezani jamoasida ko‘rishni istaydi. Madrid klubi italiyalik futbolchini ijaraga olmoqchi. Tomonlar hali muzokaraga kirishmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” italiyalik futbolchini 2020 yilning yozida “Fiorentina”dan ikki yil muddatga ijaraga olgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Federiko 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Futbolchining transfer qiymati esa 70 million yevroga baholangan.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr