“Real” yozda Holandni sotib olishni rejalashtirmoqda

Sport

image

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni jamoaga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda “Sky Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelishuv joriy yilning yozida amalga oshirilishi mumkin. Hozirda Holandning jamoasi va uning agenti Rafaela Pimenta bilan aloqalar davom etmoqda.

Norvegiyalik hujumchi Ispaniya va “Real Madrid”ning ashaddiy muxlisi bo‘lib, klubni o‘zining eng muhim faoliyatidagi maqsadi deb biladi. Biroq norvegiyalik hujumchining “Manchester Siti” bilan 2034 yilgacha tuzilgan shartnomasi sabab kelishuv qiyin bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Erling Holand 2022 yildan beri “Manchester Siti” safida o‘ynab kelmoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Erling Holand Florentino Peres “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing