“Real” YeCHLda yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
13 mart
4168Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasi tarixida chorak finalga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda futbol jurnalisti Pedro Martin X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Real”gacha turnir tarixida hech qaysi jamoa 40 marta chorak finalga chiqa olmagan. “Qaymoqranglilar” ketma-ket besh mavsumdan beri nimchorak finalni boy bermayapti. Bu vaqt ichida ular ikki marta turnir g‘olibi bo‘ldi.
Qayd etish joiz, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Myunxenning “Bavariya” klubi asosiy yevrokubok turnirining chorak finalida 34 ta o‘yin o‘tkazgan holda 2-o‘rinda bormoqda. 3-o‘rin esa “Barselona”ga nasib etdi (24).
“Real Madrid” Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Atletiko”ni ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilik natijasiga ko‘ra penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Birinchi o‘yinda Karlo Anchelotti shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, javob o‘yinida “matraschilar” 1:0 hisobida ustun keldi, ammo penaltilar cyerizsida “qirollik klubi” omadliroq chiqdi – 4:2. “Real” chorak finalda “Arsenal” bilan o‘ynaydi.
LiveBarchasi