“Real” va PSJ 18 yoshli vunderkind uchun raqobatlashadi

Sport

image

“Lill”ning 18 yoshli himoyachisi Leni Yoroga PSJ, “Real” va boshqa top-klublar qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Santi Auna o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar Yoro uchun kurashda raqobatchilar, xususan, “Real Madrid”, “Bavariya” va bir qator Angliya chempionati klublaridan o‘zib ketish yo‘lida harakatlarni boshlab yuborgan.

O‘z navbatida “Lill” futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor – Yoroning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.

Shuningdek, PSJ yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, klub Kefren Tyuram va Yussuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda.

Liga 1 ning joriy mavsumida Yoro “Lill” safida 12 ta o‘yinda 2 ta gol urdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Leni Yoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made