“Real” va “Barselona” futbolchilari La Liganing irqchilikka qarshi liboslarini kiymadi

Sport

image

Ispaniya La Ligasining atigi ikkita jamoasi futbolchilari 29-tur uchrashuvlari oldidan liga tomonidan tayyorlangan irqchilikka qarshi futbolkalarni kiymagan. Bu haqda “Cadena Cope” xabar berdi.

La Liga diskriminatsiyaga qarshi ish olib bordi, natijada futbolchilar o‘yin oldidan maydonga irqchilikka qaratilgan shiorlar yozilgan futbolkalarda chiqdi.

E’tiborlisi, chempionatning ikki grandi “Real” va “Barselona” futbolchilari La Liganing irqchilikka qarshi tadbirini qo‘llab-quvvatlamagan.

“Real Madrid” bunga sabab sifatida klubning futbol va hayotdagi irqchilikni yo‘q qilishga chaqiruvchi o‘z futbolkalari borligini ma’lum qilgan. “Barselona” esa video o‘yinlar ishlab chiqaruvchisi Konami bilan kelishuvga ega va La Ligaga EA Sports homiylik qiladi. Kataloniya klubi futbolchilari ikki homiy o‘rtasida manfaatlar to‘qnashmasligi uchun chempionat tomonidan taqdim etilgan futbolkalarni kiyishni istamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona La Liga Ispaniya Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing