“Real” o‘z safini ispaniyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi ispaniyalik futbolchi Martin Subimendining transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar yarim himoyada Toni Kroosning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchi qidirmoqda. Klub “Manchester Siti”dan Rodrini transfer qilishni rejalashtirmayapti, uning o‘rniga “Real Sosedad” futbolchisini nishonga olgan. 

Subimendining tovon puli 60 million yevroni tashkil qiladi. “Real”dan tashqari 25 yoshli futbolchiga “Liverpul”, “Arsenal” va “Manchester Siti” klublari ham befarq emas. 

Joriy mavsum Subimendi basklar safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning joriy klubi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning sobiq futbolchisi Kazemiro “qirollik klubi” safiga qaytmasligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Martin Subimendi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing