“Real” ukrainalik darvozaboni bilan shartnomani uzaytiradi

Sport

image

Madridning “Real” klubi ukrainalik darvozabon Andrey Lunin bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishib oldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Yangi kelishuv 2028 yilning iyunigacha amal qiladi. Darvozabonning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadi. Tomonlar yaqin kelajakda hamkorlikni uzaytirganliklari haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Lunin 2018 yildan beri “Real” tizimida to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsum posbon “qirollik klubi”ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olgani bois 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Andrey Lunin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing