“Real” “Tottenxem”ga yakuniy taklif bilan chiqadi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn uchun yakuniy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi hujumchi uchun 100 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ sarflashni rejalashtirgan. Agar bu mablag‘ “Tottenxem”ni qoniqtirmasa, Madrid klubi transferni rad etadi.

Yaqinda “Real”ni fransiyalik hujumchi Karim Benzema tark etgani bois, klub yangi hujumchi izlamoqda.

2022/2023 yilgi mavsumda Keyn “Tottenxem” safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tottenxem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing