“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi
Sport
−
23 iyul 2024 7546 1 daqiqa
Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi.
Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘rindiqlar yaratishni reja qilgan. Bu joydan futbol ko‘rish narxi 250 ming yevro turadi.
VIP joylarda hashamat va eksklyuzivlikka urg‘u berilgan. Bu joylar qolgan tribunalardan ajratiladi va maydonning eng yaxshi ko‘rinishini taqdim etadi.
Super VIP o‘rindiqdan futbol tomosha qiladiganlarga ovqat, ichimlik va boshqa mahsulotlar taqdim etilib, barcha qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025