“Real” sobiq futbolchisini yana o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Sport

image

“Milan” va Fransiya terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi Teo Ernandes yana “Real” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar 23 yoshli “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis transferi amalga oshmasa, fransiyalik futbolchi Madrid klubiga qaytishi mumkin. Qayd etilishicha, “qirollik» klubi” kanadalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun uning atrofidagilar bilan bir necha bor bog‘langan, biroq muzokaralarda hali ham oldinga siljish kuzatilmayapti.

Ma’lum bo‘lishicha, Devis Ispaniyaga ko‘chib o‘tishdan ko‘ra Myunxen bilan shartnomasini uzaytirishga yaqinroq, shuning uchun “Real”ga Ernandesni qaytarish eng maqbul variant.

Ernandes 2019 yilning iyul oyida “Real”dan “Milan”ga o‘tgan edi. Futbolchining transfer summasi 22,8 million yevroni tashkil etdi, bu mavsumda Ernandes barcha turnirlarda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Milan Teo Ernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made