“Real” sobiq futbolchisini sotib olmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” “Milan”ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi “qaymoqranglilar”ning barcha talablariga javob beradi. Ernandes Ispaniya chempionatiga oson moslashib ketadigan tajribali futbolchi. Qolaversa, uning “Milan” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, shuning uchun ham u hamyonbop narxda sotiladi.

Teo Ernandes “Atletiko Madrid” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yildan 2019 yilgacha u “Real Madrid” futbolchisi bo‘lgan.

Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ernandesning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Real Madrid Teo Ernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing