“Real” rahbariyati Modrichga ishonmayapti
Sport
−
08 fevral 4080 1 daqiqa
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “qaymoqranglilar”ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrichga ko‘proq o‘yin vaqtini bermoqchi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis yarim himoyachi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. O‘z navbatida, Modrich ham ko‘proq maydonda bo‘lishni xohlamoqda.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres va boshqa bir qator rahbariyat vakillari xorvatiyalik futbolchi endi muhim uchrashuvlarda asosiy figura bo‘la olmaydi, deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, “Transfermarkt”ga ko‘ra 5 million yevroga baholanayotgan Modrichning “qirollik klubi” bilan shartnomasi shu yil yozida nihoyasiga yetadi. Joriy mavsum Modrich klub safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning sobiq futbolchisi Ronaldo klub ustozi Karlo Anchelottini Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga olib kelmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi