“Real” PSJga qarshi o‘yindan so‘ng Mbappe bilan shartnoma imzolaydi

Sport

image

PSJning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final  o‘yinlaridan so‘ng, “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda “El Chiringuito” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, klub transfer jarayoniga hech narsa xalaqit qilmasligiga ishonch bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Qur’a natijalariga ko‘ra ikki jamoa nimchorak finalda o‘zaro to‘qnash keladi. Rasmiy shartnoma aynan o‘sha uchrashuvlardan so‘ng imzolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe faoliyatidagi 200-golini urgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Kilian 2017 yilda “Monako”dan PSJ safiga kelib qo‘shilgan. Hujumchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda Mbappe Fransiya 1-ligasining 17 ta o‘yinida qatnashib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u UEFA Chempionlar ligasida 4 marta, Fransiya kubogida esa raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real EChL PSJ Mbappe 1/8 final

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing