“Real”ning Mbappe transferi bo‘yicha pozitsiyasi qanday?

Sport

image

“Real Madrid” fransiyalik futbolchi Kilian Mbappeni 2024 yilda tekinga sotib olishga tayyor. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” PSJ hujumchisi atrofidagi vaziyatning rivojlanishini to‘liq kuzatmoqda. Karlo Anchelotti jamoaga yangi hujumchi kerak deb, hisoblaydi, biroq u shu yozda Mbappeni qo‘lga kiritish uchun rahbariyatga bosim o‘tkazmayapti.

“Real Madrid” rahbariyatini Mbappe atrofidagi hozirgi vaziyat umuman tashvishga solmayapti. Bu masalada OAV va muxlislarning bosimi klubga ta’sir qilmayapti.

“Real Madrid”ning pozitsiyasi shundan iboratki, klub Kilianning transferi ustida faqat 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab, uning tekin transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkin bo‘ladi. “Qaymoqranglilar” bu qarorda qat’iy va yaqin haftalarda Mbappeni sotib olishga urinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing