“Real”ning ikki futbolchisi “Oltin to‘p” uchun kurashda favoritlik qilmoqda

Sport

image

“Real”ning ikki nafar a’zosi Vinisius Junior va Jud Bellingem 2024 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilmoqda. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Sovrin uchun da’vogarlar beshligidan “qaymoqranglilar”ning yana bir a’zosi Dani Karvaxal ham o‘rin olgan. “Manchester Siti” a’zosi Rodri “Oltin to‘p” uchun kurashda qirollik klubi a’zolariga asosiy raqobatchi bo‘ladi.

Top-20'da Madrid klubining jami 7 nafar futbolchisi mavjud. “Oltin to‘p”ni eng ko‘p qo‘lga kiritgan argentinalik futbolchi Lionel Messi esa yangilangan reytingning 16-o‘rnida qayd etildi.

Reyting:

20. Rodrigo Silva (“Real Madrid”) – 19 gol, 9 golli uzatma; Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Ispaniya Superkubogi g‘olibi, La Liga g‘olibi.

19. Bukayo Saka (“Arsenal”) – 21 gol, 15 golli uzatma.

18. Dani Olmo (“Barselona”) – 13 gol, 7 golli uzatma; Yevropa chempioni va Germaniya Superkubogi sohibi.

17. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”) – 21 gol, 13 golli uzatma; Amerika kubogi g‘olibi, Premer-liga g‘olibi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi va UEFA Superkubogi g‘olibi.

16. Lionel Messi (“Inter Mayami”) – 28 gol, 17 golli uzatma; Amerika kubogi va liga kubogi g‘olibi.

15. Alvaro Morata (“Milan”) - 28 gol, 6 golli uzatma; Yevropa chempioni.

14. Emiliano Martines (“Aston Villa”) – 27 ta o‘yinda darvoza daxlsizligi; Amerika kubogi g‘olibi.

13 Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 45 gol, 6 golli uzatma; Premer-liga g‘olibi, UEFA Superkubogi g‘olibi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi.

12. Lamin Yamal (“Barselona”) – 10 gol, 18 golli uzatma; Yevropa chempioni.

11. Florian Virs (“Bayer”) – 21 gol, 21 golli uzatma; Bundesliga g‘olibi va Germaniya kubogi g‘olibi.

10. Nikolas Uilyams (“Atletik”) – 11 gol, 25 golli uzatma; Ispaniya kubogi g‘olibi va Yevropa chempioni.

9. Fil Foden (“Manchester Siti”) – 28 gol, 12 golli uzatma; Premer-liga g‘olibi, UEFA Superkubogi g‘olibi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi.

8. Xarri Keyn (“Bavariya”) – 52 gol, 14 golli uzatma.

7. Kilian Mbappe (“Real”) – 52 gol, 21 golli uzatma; Liga 1 g‘olibi, Fransiya kubogi va Superkubogi g‘olibi.

6. Toni Kroos (faoliyatini yakunlagan) – gol, 12 golli uzatma; Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Ispaniya Superkubogi g‘olibi va La Liga g‘olibi.

5. Lautaro Martines (“Inter”) – 35 gol, 8 golli uzatma; Amerika kubogi g‘olibi, Italiya Superkubogi g‘olibi va A Seriya g‘olibi.

4. Dani Karvaxal (“Real”) - 7 gol, 8 golli uzatma, 21 ta golli uzatma; Yevropa chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi, Ispaniya Superkubogi sohibi, La Liga g‘olibi.

3. Jud Bellingem (“Real”) – 27 gol, 17 golli uzatma; Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Ispaniya Superkubogi g‘olibi va La Liga g‘olibi.

2. Rodri (“Manchester Siti”) – 12 gol, 15 golli uzatma; Yevropa chempioni, Premer-liga g‘olibi, UEFA Superkubogi sohibi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi.

1. Vinisius Junior (“Real”) – 26 gol, 12 golli uzatma; Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Ispaniya Superkubogi g‘olibi va La Liga g‘olibi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Vinisius Junior Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made