“Real”ning ikki futbolchisi “El-klasiko”da ishtirok etmaydi
Sport
−
24 aprel 2025 6015 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga va himoyachi David Alaba Ispaniya kubogi finali doirasida “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi mushakdan olgan jarohat sabab safdan chiqdi. Ushbu xabarni madridliklar ustozi Karlo Anchelotti ham tasdiqladi.
Qayd etish kerak, avvalroq, “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski ham jarohat olgan holda “El-klasiko”ni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, 26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalida “Real Madrid” va “Barselona” to‘qnash keladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28