“Real”ning braziliyalik futbolchisi “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finalida “Manchester Siti” bilan javob uchrashuvida jarohat oldi.

Qo‘shimcha vaqtning 22-daqiqasida braziliyalik futbolchi sonini ushlab, maydonga yiqildi, shundan so‘ng uning o‘rniga Lukas Vaskes tushirildi.

Qayd etilishicha, Vinisiusning 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionatida “Barselona” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor. Hozircha shifokorlar futbolchining holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berishgani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “El-klasiko”ni kim boshqarib borishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Evropa Chempionlar ligasi Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing