“Real”ning bir qator mashhur futbolchilari jamoadan ketishi mumkin
Sport
−
26 dekabr 2023 8274 1 daqiqa
“Real Madrid”ning bir qancha mashhur futbolchilarining kelajagi hozirda shubha ostida qolmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, to‘rt nafar futbolchining shartnomasi iyun oyida yakuniga yetadi. Luka Modrich, Toni Kroos, Nacho va Lukas Vaskesning kelishuvi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.
Modrich kelgusi Realdagi faoliyati borasida o‘zi bir qarorga kelish imkoniyatiga ega. U xohlasa qirollik klubida yana bir yil qolishi yoki mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aftidan Modrich Saudiya Arabistoni yoki MLS'dan kelgan foydali taklifni ko‘rib chiqyapti.
Kroos va Nacho esa faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylamoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025