“Real”ning 29 o‘yinlik seriyasi yakunlandi

Sport

image

Ispaniya La Ligasining 19-turida Madridning “Real” klubi o‘z uyida “Real Sosedad”ni qabul qilib, nursiz durangga imzo chekdi – 0:0. 

Ushbu natijadan so‘ng, “Real”ning 29 o‘yinlik golli seriyasi yakunlandi. Jamoa 29 o‘yindan buyon raqiblari darvozasini ishg‘ol qilib kelayotgandi. 

“Real Sosedad”ga qarshi bahsda “qirollik klubi” raqib darvozasi tomon 20 marta zarba berdi. Yo‘llangan zarbalarning 7 tasi aniq bo‘ldi, ammo baribir uchrashuvda hisob ochilmadi.

Ortda qolgan 19-turdan so‘ng, “Real” La Liga turnir jadvalida 1 ta o‘yin kam o‘tkazgan holda 42 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. “Qaymoqranglilar”dan 5 ochko ko‘p jamg‘argan “Barselona” jadvalda yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing