“Real” mutasaddilari Klasikodagi ayrim vaziyatlardan norozi bo‘lmoqda

Sport

image

Ispaniya La Ligasi 26-turi doirasida o‘tkazilgan “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng Madrid klub mutasaddilari raqib jamoa yarim himoyachisi Gavining harakatlaridan norozi bo‘ldi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” 18 yoshli futbolchini sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarda ayblamoqda.

O‘yin davomida Gavi Dani Karvaxal bilan bir necha bor to‘qnash keldi, lekin “Real Madrid” vakillari Gavining 76-daqiqada maydonga tushgan Dani Sebalosga nisbatan ishlatgan qo‘polligidan norozi bo‘lmoqda. 

Qolaversa, qirollik klubi Marko Asensioning 82-daqiqada urgan goli bekor qilinganidan norozi. 

Chempionlik o‘yini deb qaralgan bahsda “Barselona” o‘z maydonida “Real”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mavsum yakunlanishiga 12 tur qolganida kataloniyaliklar “Real”dan 12 ochko oldinda va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid Ispaniya La Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing