“Real” murabbiyi “El klassiko” oldidan “tilini tiydi”

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi uchrashuv oldidan keskin fikr bildirishdan tiyildi.

“Real Madrid” va “Barselona” qarama-qarshiligi Ispaniya La ligasi va futbol muxlislari uchun muhim bo‘lgan o‘ziga xos bellashuvdir. Bu oddiy o‘yin emas. Tayyorgarlim maksimal xotirjamlik va konsentratsiyani yo‘qotmaslikdan iborat. Menga barcha futbolchilarning munosabati yoqadi, bunga mashg‘ulotlar davomida amin bo‘lganman. Biz “Shaxtyor”ga qarshi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik, muvaffaqiyatga erishdik va o‘sha ruhda davom etishimiz kerak”, deydi Don Karlo.

Shuningdek, 62 yoshli mutaxassis har ikki jamoa futbolchilarining holatiga to‘xtalib o‘tdi:

“O‘ylaymanki, Karvaxal va Azar o‘z o‘rinlariga qaytadi. Bizda o‘yinga ham jismoniy, ham taktik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rish yetarlicha uchun vaqt bor. Futbolchilarimiz bunday uchrashuvda maydonga tushish nimani anglatishini allaqachon biladi. “Barselona”da juda ko‘p muammolar bor edi, futbolchilar safga qaytishi bilan holat asta-sekin yaxshilandi”.

“El klassiko” joriy yilning 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19 00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti Lionel Messining PSJga o‘tishi “Barselona” mavqeyiga putur yetkazmasligini atgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Real Madrid La liga Karlo Anchelotti El' klassiko

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing