“Real” Mbappega 15 kun muhlat beradi

Sport

image

2024 yil 1 yanvarigacha fransiyalik futbolchi Killian Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmasa, Madridning “Real” klubi futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda As xabar berdi.

“Real Madrid” Mbappening onasi va agenti Faiza Lamari bilan bog‘lanadi va futbolchiga qaror qabul qilish uchun 15 kun muhlat beradi. Madridliklar endi uzoq muzokaralar o‘tkazmoqchi emas. Mbappe taklifni qabul qiladimi yoki yo‘qmi, 15 yanvargacha javob berishi kerak.

“Real” ham endi og‘zaki kelishuvlarga tayanmaydi va kelishuvni hujjatlashtirish niyatida. “Qirollik klubi” futbolchi bilan shartnoma borasida tezroq kelishib, yozda uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Agar Mbappe 15 yanvargacha taklifga javob bermasa, “Real” “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland variantiga o‘tadi va uni sotib olishga harakat qiladi. Qayd etilishicha, norvegiyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya” klubida birga o‘ynagan yarim himoyachi Jud Bellingem bilan yaqin do‘st. Bundan tashqari, “Manchester Siti” hujumchisining Ispaniyaning Marbelya shahrida uyi bor. Ushbu faktorlar norvegiyalik forvardning Madridga kelishiga turtki bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Real PSJ Killian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing