“Real” Mbappe transferini tezlashtirmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoaga o‘tishga yaqin bo‘lib turgan PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda debyut qilishini ta’minlamoqchi. Bu haqda “El Debate” xabar berdi. 

O‘yin 12 avgust kuni “San-Mames” stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Real Madrid” chempionatning dastlabki uch turini safarda o‘tkazadi, chunki hozirda “Santyago Bernabeu”dagi rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Ayni vaqtda “qirollik klubi”ning asosiy maqsadi Mbappeni imkon qadar tezroq qo‘lga kiritish bo‘lib turibdi. Madrid klubi rahbariyati Kilianni tezroq jamoaga moslashishini xohlamoqda. Shu bois ham transfer jarayonlarini tezlashtirmoqchi.

Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va u hozirgi klubi bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. Agar PSJ futbolchini hozir sotmasa, kelasi yili tekinga boshqa jamoaga berib yuborishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing