“Real” Mbappe transferidan keyin bir qancha futbolchilarini sotmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash uchun sarflagan pullarining bir qismini qoplamoqchi. Shu maqsadda “qaymoqranglilar” klubning bir qancha yosh iqtidor egalarini sotish niyatida. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 20 yoshli himoyachi Mario Martin, 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Niko Pas va hujumchi Alvaro Rodriges bilan xayrlashishga tayyor.

Qayd etilishicha, “Real” mazkur futbolchilarini qaytarib sotib olish opsiyasi bilan pullamoqchi.

Ma’lumot uchun, 3 iyun kuni Mbappe rasman “Real Madrid” futbolchisiga aylandi. 16 iyul kuni uning “qaymoqranglilar” futbolchisi sifatida taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Fransiyalik hujumchining maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Mbappening shartnomasida 1 milliard yevro tovon puli ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made