“Real” Mbappe transferidan qancha foyda ko‘radi?

Sport

image

Sport marketingi bo‘yicha mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, “Real” Kilian Mbappe transferidan 500 million yevro foyda olishiga ishonishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Bunday xulosalar Mbappe hamkorlik qiladigan brendlar (Nike,Oakley, Hublot) bilan mumkin bo‘lgan shartnomalar inobatga olinganidan keyin qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar sonining ko‘payishi, futbolkalarning mamlakat tashqarisida sotilishi, teleko‘rsatuv huquqlari narxining oshishi ham e’tiborga olindi. Shuningdek, fransuz futbolchisi kelganidan keyin La Liganing mavqei sezilarli darajada oshadi. 

E’tiborlisi, mutaxassislar 2009 yilda Krishtianu Ronalduning transferi bilan ham qiyosiy tahlil o‘tkazgan – o‘shanda klub bu transfer uchun 94 million yevro sarflagan va ikki barobar ko‘p daromad olgan. Mbappe uchun “Real”ning umumiy xarajati bonus va maoshlarni hisoblaganda, “Real”ga 250 million yevroga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing