“Real” Mbappe borasida PSJga ultimatum qo‘ydi
Sport
−
28 avgust 2021 9957 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi joriy yil yozda sodir bo‘lmasligi mumkin.
“La Parisien” xabariga ko‘ra, Madrid klubi parijliklarga ultimatum qo‘ygan: yo shartnoma ertaga, 29 avgust kuni kechgacha yopiladi, yoki “Real” muzokaralardan voz kechadi. Madrid rahbariyati PSJ xo‘jayinlariga shunday talqindagi rasmiy xabar yuborgani ma’lum bo‘ldi.
“Qirollik klubi” PSJ taklifni qabul qilishi va joriy yilning 30 avgust kuniga qadar bitimni yakunlash mumkinligiga ishonadi.
Avvalroq, “Real” Mbappe uchun 180 million yevro taklif qilgandi, ammo Parij klubi bundan-da ko‘proq pul ishlab olmoqchi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart