“Real Madrid” ustozi soliq jinoyatida ayblanmoqda
Sport
−
12 iyul 2023
2011Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ustozi Karlo Anchelotti soliq to‘lashdan qochishga uringanlikda ayblanmoqda. Bu haqda “El Mundo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 64 yoshli murabbiyi 400 ming yevro miqdoridagi soliq jinoyatida ayblanib, sudga tortiladi. U 2014 yilda daromadining bir qismini yashirgan.
Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis 2021 yildan buyon Ispaniya soliq idorasi tomonidan tuzilgan yirik qarzdorlar ro‘yxatida bo‘lib kelmoqda.
Ta’kidlash joiz, Anchelotti 2013-2015 yillarda “Real”ni boshqargan. U 2021 yilgacha “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” kabi jamoalarga ustozlik qildi. 2021 yil yozida “Real” prezidenti Florentino Peres Anchelottini yana “qirollik klubi”ga olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni Anchelotti 2024 yildan Braziliya terma jamoasini boshqarishi xabar qilingandi. 2024 yilgacha “Fluminense” klubi bosh murabbiyi Fernando Diniz Braziliya termasiga ustozlik qiladi. Shuningdek, u “Fluminense”dagi faoliyatini ham davom ettiradi.