“Real Madrid” prezidentligi uchun saylov qachon o‘tkaziladi?
Sport
−
03 yanvar
1875Madridning "Real" klubi prezidenti va direktorlar kengashi saylovi 7 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu saylov Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Yangi prezident va direktorlar kengashi tarkibi to‘rt yillik muddatga saylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2000 yildan beri klub prezidenti lavozimini egallab kelayotgan Florentino Peres 2021 yilda raqobatchilar yo‘qligi sababli avtomatik ravishda qayta saylangan edi. 2006 yilning 2 iyuidan 2009 yilning 16 yanvarigacha Ramon Kalderon, 2009 yilning 16 yanvaridan 31 mayigacha Visente Boluda ushbu lavozimda faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi