“Real Madrid”ning yana bir futbolchisi terma jamoa ro‘yxatidan chiqarildi

Sport

image

“Real Madrid” himoyachisi Din Xyoysen mushaklaridagi noqulaylik tufayli Gruziyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmagani sababli Ispaniya terma jamoasi ro‘yxatidan olib tashlandi. Bu haqda Ispaniya Futbol Federatsiyasi rasmiy bayonot berdi.

Federatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Xyoysen 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining so‘nggi bosqichida Ispaniya va Turkiya o‘rtasidagi o‘yinda qatnasha olmaydi. Himoyachi mushaklaridagi noqulaylik tufayli Gruziyaga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan edi. Xyoysenning holati yaxshilanmagach, unga klubiga qaytishga ruxsat berilgan.

Federatsiya bayonotida ta’kidlanishicha, o‘yinchining sog‘ligi birinchi o‘ringa qo‘yilgan, shuning uchun terma jamoa texnik shtabi Din Xyoysen maydonga tusha olmasligini hisobga olib, uni tarkibdan chiqarishga qaror qilgan. Shu bilan birga, Lamin Yamal va Niko Uilyams kabi boshqa futbolchilar ham jarohat tufayli xalqaro tanaffusda o‘yinlarda qatnasha olmagan.

Din Xyoysen “Real Madrid”ning so‘nggi o‘yinida mushaklaridagi noqulaylikdan shikoyat qilgan, ammo keyinchalik tuzalib, haftalik mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Shu sababli, himoyachi terma jamoa yig‘iniga jalb qilingan edi.

Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Luis de la Fuente Turkiyaga qarshi o‘yinga uchta markaziy himoyachi Kubarsi, Lyaport va Vivianlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Murabbiy Din Xyoysenni o‘rniga qo‘shimcha o‘rinbosarni chaqirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe va Eduardo Kamavinga ham jarohatlar sabab Fransiya terma jamoasi lagerini tark etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat “Real Madrid” Din Xyoysen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing