Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

“Real Madrid”ni g‘alaba bilan tabriklayman – Alvares

Sport

image

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Real”ga qarshi o‘yindan so‘ng (1:0, 2:4 pen.) o‘z fikrlarini bildirdi.

“Maydonda hamma narsani berib, so‘nggi daqiqalargacha kurashgandan so‘ng mag‘lub bo‘lish alam qiladi. Biz muvaffaqiyatga erisha olmadik, lekin jamoa xarakter, fidoyilik va ishtiyoq namoyish etdi. Muxlislarimizga hamisha bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlagani va har bir uchrashuvni o‘zgacha ruhda o‘tishini ta’minlagani uchun rahmat. Bor e’tiborni keyingi o‘yinlarga qaratishimiz kerak. “Real Madrid”ni muvaffaqiyat bilan tabriklayman”, deydi Alvares.

Qayd etish joiz, “Real”ga qarshi penaltilar seriyasida Alvares o‘z urinishini golga aylantirdi, biroq gol hisoblanmadi, chunki hujumchi nuqtadan zarba berish vaqtida to‘pga ikki marta tegib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Atletiko”-“Real” uchrashuvini boshqargan hakamning o‘zi Alvaresning penaltisi bilan bog‘liq bahsli vaziyatga izoh bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Atletiko Xulian Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing