Alvares faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin
Sport
−
17:50 468 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan hujumchi Xulian Alvares “Atletiko Madrid”ni tark etib, faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi Alvaresga o‘tgan yozdan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Avvalroq, “Atletiko” hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lgan, biroq futbolchining o‘zi “Barselona”ga o‘tishni istagan. Madrid klubi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi bilan transfer bo‘yicha muzokara olib borishdan bosh tortgan.
Ayni paytda Alvaresning “Atletiko”dagi uzoq muddatli istiqbolidan qoniqmayotgani va “Arsenal” bilan muzokaralarga ochiq ekani aytilmoqda. Londonliklar 26 yoshli hujumchini tarkibga qo‘shib olish uchun 100 million funt sterling, ya’ni taxminan 118 million yevro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Alvares joriy mavsumda La Ligada to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq u hozirgacha biror marta asosiy tarkibda o‘yinni boshlamagan va gol ura olmagan. Argentinalik futbolchining “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portali uning transfer qiymatini 110 million yevro deb baholamoqda.
Live
Barchasi