“Real Madrid” Qozog‘istonga yetib keldi (video)
Sport
−
29 Sentabr 9768 2 daqiqa
Bugun, 29 sentyabrga o‘tar kechasi Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi UEFA Chempionalar ligasi 2-tur doirasida “Qayrat” bilan o‘yin o‘tkazish uchun Qozog‘istonning Olmaota shahriga yetib keldi. Ispan klubi mahalliy futbol muxlislari va jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Bu haqda Olmaota xalqaro aeroporti ma’muriyati xabar berdi.
“Olmaota xalqaro aeroportida UEFA Chempionlar ligasi ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi. Bugun Yevropaning eng nufuzli klublar turniri doirasida “Real Madrid” futbolchilari Qozog‘istonning janubiy poytaxtiga yetib kelishdi. Mehmonlarga milliy mehmondo‘stlik va iliqlik namoyish etildi. Ayniqsa, Chempionlar ligasi madhiyasining qozoq an’anaviy cholg‘u asboblarida ijro etilgani futbolchilar uchun unutilmas lahzaga aylandi – bu sportga bo‘lgan mehrni mamlakatning boy madaniy sadosi bilan uyg‘unlashtirdi”, deyiladi Olmaota xalqaro aeroporti bayonotida.
Ma’lumot uchun, “Qayrat”-“Real Madrid” uchrashuviga chiptalar narxi 30 000 tengedan (taxminan 690 ming so‘m) 250 ming tengegacha sotilgan edi(taxminan 5 mln 730 ming so‘m). “Qayrat”ning “Real Madrid”ga qarshi o‘yini ertaga, 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:45 da start oladi. Bahs Olmaota shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qayrat” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor turnirning guruh bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi