“Real” Kvaratsxeliya uchun 150 mln yevro taklif qilishi mumkin
Sport
−
06 iyun 1850 1 daqiqa
“Real Madrid” PSJ yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya uchun 150 million yevro taklif qilishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres avvalroq ismini oshkor qilmagan futbolchining transferi uchun 150 million yevro miqdorida taklif bilan chiqishini ma’lum qilgan edi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Madridliklar allaqachon gruziyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish boshlagan. Xabar qilinishicha, tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan. “Real Madrid” rahbariyati 25 yoshli vingerning Madridga ko‘chib o‘tishga tayyor ekaniga ishonmoqda.
Shu bilan birga, PSJ o‘zining eng muhim o‘yinchilaridan birini qo‘yib yuborishni istamayapti. Fransiya klubi moliyaviy jihatdan ham hech qanday muammolarga duch kelmayotgani ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Xvicha Kvaratsxeliya barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 140 million yevroga baholanmoqda.
Live
Barchasi