“Real” qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 18 dekabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida FIFA Qit’alararo kubogi finali o‘tkazildi.

“Lusail” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Madridning “Real” klubi Meksikaning “Pachuka” jamoasiga qarshi bahs olib borib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

37-daqiqada Kilian Mbappe uchrashuvda hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida esa Rodrigo raqib futbolchilarini 2 marta chalg‘itib, uzoq masofadan gol urdi. 

84-daqiqada esa “Pachuka” darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Vinisius zarbani aniq amalga oshirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi. 

Shunday qilib, “Real Madrid”ning Qatarga safari juda omadli o‘tdi. Finaldan bir kun oldin qirollik klubi vakillari “The best” taqdirlash marosimida asosiy nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, safar yakunida jamoa qit’alararo kubokni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing