“Real” ilk mag‘lubiyatdan so‘ng Arbeloani ishdan haydashi mumkin
Sport
−
15 yanvar 1099 1 daqiqa
“Real Madrid” rahbariyati jamoaning birinchi mag‘lubiyatidan so‘ng yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloani iste’foga chiqarishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
“Qirollik klubi”ning Arbeloa qo‘l ostida debyut o‘yini omadsiz bo‘lib o‘tdi. Jamoa Ispaniya Kubogidan 1/16 final bosqichida Segundaning “Albasete” jamoasiga yutqazib, kubokni tark etdi.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati Arbeloaning tez iste’foga chiqishidan qo‘rqmaydi. Agar rahbariyat uning tayinlanishi xato bo‘lgan deb hisoblasa, u bilan tez orada yo‘llarini ajratishi mumkin. Shuningdek, klub Arbeloaning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin yana bitta o‘yinni kuzatib chiqmoqchi.
Ma’lumot uchun, 19 turdan so‘ng Madrid klubi La Liga turnir jadvalida “Barselona”dan 4 ochko kam to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa joriy yilning 12 yanvar kuni Xabi Alonso iste’foga chiqqanidan so‘ng “Real Madrid”ni boshqarishni boshlagan. “Real Madrid”ning keyingi o‘yini 17 yanvar kuni La Ligada “Levante”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi