“Real”ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchining yangi jamoasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
08 fevral
21921O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboyev Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bir oydan buyon Chimkent klubi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelayotgan 26 yoshli futbolchi nihoyat “Ordabasi” bilan shartnoma tuzdi. Yaxshiboyevning klub kelishuvi shu yil oxiriga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Yaxshiboyevning so‘nggi klubi “Navbahor” bo‘ldi. Undan avval u “Paxtakor”, OKMK, “Energetik BGU”, “Shaxtyor Soligorsk”, “Legiya”, “Sherif” klublari sharafini himoya qilgan. Hujumkor ayrim himoyachi O‘zbekiston milliy jamoasi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘lgan.
Qayd etish joiz, “Sherif”dagi faoliyati davomida futbolchi Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan va Moldova klubi safida Madridning “Real” klubi darvozasini ishg‘ol qilgan.