“Real”ga Benzema kerak emas

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzemani sotib olishga urinmaydi. Bu haqda “L'Equipe” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati va muxlislari 35 yoshli futbolchining qaytishini istamayapti.

Benzema “Real”da 14 yil o‘ynagan va ispan jamoasi bilan 25 ta sovrinni yutgan. Fransiyalik forvard Madrid klubi tarixida urgan gollar soni bo‘yicha 2-o‘rinni egallab turibdi.

Benzema o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Benzemani Londonning “Arsenal” klubi ijaraga olmoqchi ekanligi xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchi xizmatlariga Londonning yana bir klubi “Chelsi” ham qiziqish bildirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karim Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing