“Real” futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
Sport
−
20 mart
7961“Real Madrid” himoyachisi David Alaba hali-beri safga qaytmaydi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, himoyachining tiklanish jarayoni kutilganidan sekinroq o‘tmoqda. Reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish uchun klub shifokorlari futbolchini Avstriyaga uyiga jo‘natishdi.
Alaba dekabr oyida jarohat olib safdan chiqqan edi. Uning qaytish muddati kelasi mavsum boshiga belgilangan, ammo bu hozircha shubha ostida.
31 yoshli avstriyalik jarohatidan avval “qaymoqranglilar” tarkibida barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta golli uzatmani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda “Real” La Ligada ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Xalqaro tanaffusdan keyin “qirollik klubi” 31 mart kuni “Atletik Bilbao”ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” posboni Tibo Kurtua yangi jarohat olgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi