“Real” futbolchisi 4 yilga qamalishi mumkin
Sport
−
04 iyun 22841 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi, 22 yoshli Raul Asensio voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq jinoyat ishida ayblanib, 4 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Ayblovlarga ko‘ra, Asensio 16 yoshli qiz ishtirokidagi ishqiy munosabat aks etgan videoni uning roziligisiz tarqatgan, holbuki qiz bunga rozilik bermagan va bu holat futbolchiga ma’lum bo‘lgan. Futbolchining o‘zi esa aybsizligini ta’kidlamoqda.
Mazkur ish doirasida yana uch nafar futbol bilan bog‘liq shaxs ham tergov ostida. Manbalarga ko‘ra, ularning har biriga 4 yil-u 10 oygacha bo‘lgan qamoq jazosi so‘ralmoqda.
Shuningdek, Asensiodan 58 ming yevro miqdorida moddiy va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilinmoqda. Yana bir ayol – allaqachon voyaga yetgan va bu ish bo‘yicha o‘zini jabrlanuvchi deb hisoblovchi shaxs shunga o‘xshash da’vo bilan sudga murojaat qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Raul Asensio 2017 yildan buyon “Real Madrid” tizimida – u “Las-Palmas”dan “Real Madrid Kastilya” jamoasiga o‘tgan. O‘tgan mavsumda u “Real”ning asosiy markaziy himoyachilaridan biri bo‘ldi.
Live
Barchasi