Raul Asensio katta miqdorda jarimaga tortildi
Sport
−
14:54 427 1 daqiqa
“Real Madrid” himoyachisi Raul Asensio katta miqdorda jarimaga tortildi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi. Bu haqda “Canarias 7” xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi avgust oyida mast holda Porsche avtomashinasini boshqarayotganida qo‘lga olingan. Uning qonidagi alkogol miqdori belgilangan qonuniy me’yordan deyarli to‘rt baravar yuqori bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, Asensio 14 400 yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Shuningdek, u sakkiz oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.
“Real Madrid” tarbiyalanuvchisi hozirda jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirayotgani sababli, joriy mavsumda hali birorta ham uchrashuvda maydonga tushmadi.
Asensioning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raul Asensio voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi shaxsiy videoni tarqatganlik ayblovi bilan qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi