“Real” futbolchilari YeCHLdagi keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi ostida turibdi
Sport
−
19 fevral 5005 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi bugun, 19 fevral kuni Yevropa Chempionlar ligasi dastlabki pley-off bosqichi javob uchrashuvida o‘z maydonida “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynaydi. Madrid klubining 6 nafar futbolchisi keyingi o‘yinlarda ham o‘ynay olish imkoniyatini saqlab qolish uchun qoidabuzarliklardan cheklanishi kerak.
Karlo Anchelotti jamoasining olti nafar futbolchisi sariq kartochkalar yig‘ilib qolgani uchun diskvalifikatsiya xavfi ostida. Gap Jud Bellingem, Luka Modrich, Endrik, Antonio Ryudiger, Orelen Chuameni va Eduardo Kamavinga haqida ketmoqda.
Karlo Anchelottining o‘zi ham sariq kartochka olsa, “Real”ning Yevropa Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Manchesterdagi birinchi o‘yin “Real”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Bugungi o‘yinda durang natija ham madridliklarni turnir nimchorak finaliga olib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA jamoalarning bo‘lajak o‘yin uchun taxminiy tarkiblarini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi