UEFA “Real Madrid” - “Manchester Siti” o‘yini uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi
Sport
−
19 fevral 18529 2 daqiqa
UEFA 20 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan “Real Madrid” - “Manchester Siti” uchrashuvi uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yini doirasida “Real Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi va tashkilot bahs uchun taxminiy tarkiblarni namoyish etdi.
“Real”: Kurtua, Valverde, Tchuameni, Asensio, Mendi, Sebalos, Kamavinga, Bellingem, Rodrigo, Mbappe, Vinisius Junior.
O‘yinni o‘tkazib yuboradiganlar: Karvaxal, Eder Militao.
So‘roq ostida: Ryudiger, Vaskes, Alaba.
Sariq kartochka olsa, keyingi o‘yinda qatnashmaydiganlar: Bellingem, Kamavinga, Endrik, Eder Militao, Modrich, Ryudiger, Tchuameni.
“Manchester Siti”: Ederson, Lyuis, Stounz, Ruben Diash, Gvardiol, Niko Gonsales, Bernardu Silva, Foden, Savino, Xoland, Marmush.
O‘yinni o‘tkazib yuboradiganlar: Akanji, Bobb, Rodri.
So‘roq ostida: Xoland, Ake, Grilish.
Sariq kartochka olsa, keyingi o‘yinda qatnashmaydiganlar: Ruben Diash.
Ma’lumot o‘rnida, “Real Madrid” - “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 20 fevralga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yinda “Real Madrid” mehmonda “Manchester Siti”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Live
Barchasi