Husanov maydonga tushmagan o‘yinda “Manchester Siti” “Real”ga yutqazdi
Sport
−
12 fevral 2025 13467 1 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi dastlabki o‘yinidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” o‘z uyida “Real”ni qabul qilib, 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvda dastlab, 19-daqiqada Erling Xoland mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymning 60-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqada Sebalos o‘z jarima maydonchasi ichida Fodenni yiqitdi va penalti belgilandi. 80-daqiqada Xoland penaltini golga aylantirdi va o‘z nomiga dublni rasmiylashtirdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Braim Dias 86-daqiqada hisobni yana bir bor tenglashtirdi. 90+3-daqiqada Bellingem madridliklar foydasiga 3-golni kiritdi.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov bu o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi.
Ma’lumot o‘rnida, jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 20 fevralga o‘tar kechasi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.