“Real” fransiyalik futbolchisini sotmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” rahbariyati bu mavsumda fransiyalik yarim himoyachi Orelen Chuamenining formasidan norozi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Chuameni bilan 2022 yilning yozida Kazemiro o‘rniga o‘rinbosar sifatida shartnoma imzolangan, biroq ikki yillik moslashuvdan so‘ng fransiyalik futbolchining o‘yinida yaqqol pasayish sezilmoqda va uning o‘yinlarining taktik tahlili yaxshi taassurot qoldirmayapti. Chuameni ishonchni yo‘qotayotgani uchun sotilishi mumkin.

Unga hozir faqat jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ishonmoqda, biroq italiyalik mutaaxassis ham so‘nggi ikki o‘yinda futbolchiga 90 daqiqa o‘ynashga ruxsat bermadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 24 yoshli futbolchi “qirollik klubi” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid klubining boshqa bir fransiyalik futbolchisi Kilian Mbappe ham jamoani tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.

Hujumchiga Angliyaning “Liverpul” klubi faol tarzda qiziqish bildirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Orel'en Chuameni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing