“Real” Fabian Ruisga ko‘z tikkan

Sport

image

Madridning "Real" jamoasi 2020 yilning yozida "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisni xarid qilishga urinib ko‘radi.

Shunday ekan, "qaymoqranglilar" "ko‘k-anorranglilar" bilan futbolchi uchun raqobatga kirishadi. "Barselona" ham anchadan buyon 23 yoshli futbolchiga qiziqayotgan edi.

Xabar berilishicha, neapolliklar o‘tgan yozda "Real"dan 45 millionlik taklif oligan. Ammo, klub bu taklifni tezda rad etgan.

23 yoshli futbolchi faoliyatini "Betis"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi. "Betis" uni 2017 yilda "Elche"ga ijara bergan. 

2018 yilda esa "Napoli" futbolchini sotib olgan edi.

Ma’lumot uchun, Fabian Ruis 1996 yilda Ispaniyaning Los-Palasos-i-Vilyafranka shahrida tug‘ilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Napoli Fabian Ruis

Baholaganlar

8

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing