“Oltin to‘p” menga berilishi kerak – Fabian Ruis

Sport

image

PSJ va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruis joriy mavsumdagi “Oltin to‘p” mukofotiga loyiq ekanligini aytdi. Bu haqda u TF1 telekanalidagi “Téléfoot” dasturiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Jamoaviy darajada hamma narsani yutib oldim. Shu qadar mehnat qilganimdan so‘ng, menga yetishmayotgan yagona sovrin – “Oltin to‘p”. Bu mukofot butun dunyo tomonidan munosib e’tirof etilishimga yordam bergan bo‘lar edi”, deydi Ruis.

30 yoshli futbolchi 2025-2026 yilgi mavsumda PSJ bilan Fransiya chempionati va Chempionlar ligasida, Ispaniya terma jamoasi bilan esa Jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u PSJ safida bir mavsumda ham Chempionlar ligasi, ham Jahon chempionatida g‘olib chiqqan yagona futbolchi hisoblanadi.

Avvalroq, PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike ham “Oltin to‘p”ni parijlik futbolchilardan biri qo‘lga kiritishi kerakligini aytgan va nomzodlar orasida Fabian Ruis hamda Usmon Dembeleni tilga olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” sobiq futbolchisi Tonni Kross “Oltin to‘p”ni Xvicha Kvaratsxeliya qo‘lga kiritishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing