“Real” eplolmagan remontadani “Barselona” amalga oshirdi

Sport

image

Bugun, 19 aprel kuni Ispaniya La Ligasi 32-turida “Barselona” o‘z maydonida “Selta”ni qabul qildi va 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuda mehmonlar hujumchisi Borxa Iglesias xet-trik amalga oshirdi. Ikkinchi taymning 62-daqiqasida hisob 3:1 ko‘rinishida edi. O‘yin yakuniga qadar Olmo bitta va Rafinya ikkita gol urib, kataloniyaliklarning g‘alabasini ta’minladi. O‘yinning kulminatsion vaziyati 90+4 daqiqada hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Ushbu penalitini Rafinya golga aylantirdi va jamoasiga 3 ochko keltirdi. 

Shu tariqa, “Barselona” ushbu g‘alabasidan keyin La Ligada ochkolar sonini 73 taga yetkazib olib, “Real Madrid” bilan oradagi farqni 7 taga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Sel'ta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing