“Real” bosh murabbiyini iste’foga chiqarishi mumkin
Sport
−
23 fevral 5690 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda“Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, qaror Chempionlar ligasi play-off bosqichida “Benfika”ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng qabul qilinishi ehtimoldan xoli emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar rahbariyatini ispaniyalik mutaxassisning ayrim qarorlari qoniqtirmayapti.
Ta’kidlanishicha, murabbiyning klub rahbariyati orasidagi obro‘si asta-sekin pasayib bormoqda. Shuningdek, aniq va barqaror o‘yin uslubining shakllanmagani jamoa ichida tushunmovchilik va chalkashliklarga sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Arbeloa 2026 yil yanvaridan buyon “Real Madrid”ni boshqarib kelmoqda. 43 yoshli murabbiy qo‘l ostida madridliklar 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 tasida g‘alaba qozongan va 3 bor mag‘lubiyatga uchragan.
Ispaniya chempionatining 25-turidan so‘ng “qaymoqranglilar” 60 ochko bilan turnir jadvalida 2-pog‘onada bormoqda.
Live
Barchasi